Sog‘lom turmush tarzi – bolalar nigohida
Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 25-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda “Kasaba uyushmalari – bolalarga” aksiyasi doirasida “Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlari himoyasini kuchaytirish bilan bir qatorda ular farzandlarining ma’naviyatini yuksaltirish, ijtimoiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur aksiyaga 12 ming nafar 1-sinf o‘quvchilari qamrab olindi. Mamlakatimizdagi uch yuzga yaqin maktabda tashkil etilgan tadbirlarda o‘yin-muloqot usullaridan foydalangan holda atrof-muhit musaffoligini saqlashga undovchi ekologik suhbatlar o‘tkazildi. Dastur doirasidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarda taniqli san’atkorlar, xonandalar va qo‘g‘irchoq teatri aktyorlarining sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
O‘Z MUXBIRIMIZ