Istiqlol ulashgan muqaddas xotira

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2000 yili poytaxtimizda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui barpo etildi.

Majmua tarkibida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi va shu nomdagi jamg‘arma tashkil qilindi. 2001 yildan buyon 31 avgustni Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlash ezgu an’anaga aylandi.

Ushbu majmua mustabid tuzum davrida zulm va tajovuz qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga ko‘rsatilgan ulkan ehtiromning yorqin ifodasidir. Bu yerda ajdodlari xotirasini yod etishga kelganlar, ayniqsa, yoshlar bugungi tinch va osoyishta, to‘kin va farovon hayotga qanday og‘ir yo‘qotish­lar, sinovlar va mashaqqatlar evaziga erishganimizni anglaydi, tinchlikning, mustaqillikning naqadar buyuk ne’mat ekanini teranroq his etadi.

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: