Zumradoylar bellashuvi
Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 423-maktabgacha ta’lim muassasasida “Obod yurtning baxtli qiziman” shiori ostida “Jajji Zumradoylar”tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tumandagi 8-, 194, 395-, 182-, 476, 458-, 441-, 432, 423-maktabgacha ta’lim muassasalarining katta guruh tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu bellashuv yangi nomlarni kashf etdi. Tarbiyachi opalari boshchiligida tanlovga qizg‘in hozirlik ko‘rgan qizlarning egnidagi o‘zbekona liboslari, boshidagi iroqi do‘ppisi, ingliz, rus tilida biyron so‘zlashlarini ko‘rib, yig‘ilganlarning qalbi quvonchga to‘ldi.
Jajji malikalar “Tanishtiruv taqdimoti”, “Jajji pazanda” kabi shartlar bo‘yicha o‘zlarining zukkolik, odob-axloq, nozik did va mehnatsevarlik kabi fazilatlarini namoyon etishdi.
Bellashuv yakunida 182-MTM tarbiyalanuvchisi Komilaxon Komiljonova birinchi, 423-maktabgacha ta’lim muassasasi ishtirokchisi Muhsinaxon Mirsaitova ikkinchi, 395-MTM tarbiyalanuvchisi Umidaxon Hasanova esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Jamila HAYDAROVA