Ko‘ngillarda bayram shukuhi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M. Ahmedov va boshqalar xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy va bunyodkorlik sohasida erishayotgan yutuqlari haqida so‘zladi.

Tadbirda poytaxtimizning Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda erishilgan yutuqlar haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazmali chiqishlar, fototasvirlar namoyish etildi. Shahar xalq ta’limi tizimi muassasalari tomonidan qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni o‘zida aks ettirgan ko‘rgazmalar tashkil qilindi. Gul sayli, milliy qo‘g‘irchoqlar, hunarmandlik va non mahsulotlari ko‘rgazmalari Vatanimizdagi tinchlik-xotirjamlikni, to‘kinlikni o‘zida namoyon etdi.

Tadbirda Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan ilg‘or ishchi-xizmatchilar taqdirlandi. Sport bo‘yicha Osiyo va jahon chempionlari, turli yo‘nalishdagi davlat mukofotlari sovrindorlarining chiqishlari, san’atkorlar ijrosidagi mumtoz kuy va qo‘shiqlar, taniqli teatr aktyorlari, askiyachilar, folklor jamoalari, yosh ijrochilarning chiqishlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

 

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Farzandingiz sizdan o‘rnak oladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: