MURUVVAT – O‘ZBEKONA QADRIYAT

Mamlakat ravnaqi va rivoji o‘z-o‘zidan amalga oshadigan jarayon emas. Unda o‘z sohasiga fidoyi, jonkuyar va saxovatli insonlarning o‘rni bo‘lakcha.

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi ham aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatib, uning salomatligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilib kelmoqda. O‘tgan yilning o‘zida Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali tomonidan ham e’tiborga loyiq ezgu ishlar amalga oshirildi.

Jamg‘armaning viloyat mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Termiz, Qiziriq, Muzrobot, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Boysun, Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi markazidan kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalar, nogironlar, harbiylar va ularning oilalari malakali tibbiy-ijtimoiy patronaj ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tuman sog‘liqni saqlash bo‘limlari tavsiyasiga asosan, ayollar, bolalar, o‘smirlar, bepul dori-darmonlar, yod va temir moddali preparatlar, sanitariya-gigiyena vositalari tarqatilib, salomatligini tiklashga ko‘mak berildi. Shuningdek, tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan oilalarning turmush sharoiti va ijtimoiy ahvolini o‘rganish maqsadida 6433 ta oila tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga oziq-ovqat mahsulotlari va zaruriy boshqa turdagi muruvvat yordamlari berildi.

Jamg‘arma tomonidan turar joylarda, mahallalarda va o‘quv muassasalarida sog‘lom oilani shakllantirish, “Sog‘lom ona-sog‘lom bola” maqsadli vazifasini amalga oshirish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish “Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning zarari”, “Sog‘lom ona-sog‘lom bola”, “Sog‘lom oilani shakllantirish” kabi mavzularda keng ko‘lamda targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Jonibek KARIMOV,

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining Surxondaryo viloyat mintaqaviy filiali bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  O‘ZBEKNING O‘G‘LONI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: