Husan chizgan rasm Hasan bo‘yog‘ida
Futbol maydonchasidagi bolajonlarning, “Hasan to‘pni oshir, Husan yugur”, – degan qiyqirig‘i olamni tutadi. Egizaklarning tomchi suvdek bir-biriga o‘xshashi bois ba’zan bolalarning o‘zi ham kim Hasanu kim Husan ekanini ajratolmaydi.
Ustoziniku qo‘yavering, Husan olgan bahoni Hasanning kundaligiga qo‘ygan. Yaxshiyamki, ular ikkalasi ham birdek baho olishgan, bo‘lmasa… Uchtepa tumanidagi 197-maktabning 2-sinfida tahsil olayotgan ahil aka-ukalarga hammaning havasi keladi.
Ular uy vazifalarini birga tayyorlashadi, birga rasm chizishadi. Biror yumushni uddalamoqchi bo‘lishsa, birgalikda harakat qilishadi. Tahririyatimizga olib kelgan “O‘rdaklar suzishni o‘rganayapti” nomli rasmlarini ham birgalikda chizishibdi. Qanday qilib deysizmi? Husan chizgan rasmni Hasan bo‘yagan-da!