Barkamol yoshlar maskani

Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, uni umumxalq harakatiga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil siyosat aholi tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Bugun ushbu sohaga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli mamlakatimiz aholisi sportni sihat-salomatlik, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy va ma’naviy barkamollik manbai sifatida chuqur anglab yetayotir.

Bugungi kunda yosh avlodning bilim olishi, o‘z iqtidorini to‘la namoyon etishi yo‘lida barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, ta’lim va sport sohalari navqiron avlod kamolotining muhim omili sifatida izchil rivojlantirilmoqda. Buning samarasi o‘laroq, yurtimizda tanlagan sohalari bo‘yicha yetuk mutaxassislar bo‘lib katta hayotga dadil kirib kelayotgan yoshlar safi tobora kengayib bormoqda.

Poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek sanoat kasb-hunar kollejida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan

– Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar zamirida farzandlarimizni jismonan va ma’naviy barkamol insonlar etib ulg‘aytirishdek ezgu maqsadlar mujassam, – deydi mazkur kollej direktori Tatyana Ivanova. – Shu tufayli ham kollejimizda malakali kadrlarni yetishtirish bilan birga, sportga ham keng e’tibor berilgan.

Ayni paytda kollejda o‘quvchilar sportning voleybol, basketbol, sport tennisi, badminton, kurash, yengil atletika, shaxmat, qo‘l to‘pi, badiiy gimnastika hamda futbol turlari bilan doimiy shug‘ullanishmoqda. Quvonarlisi, “Voleybol” hamda “Qo‘l to‘pi” qizlar terma jamoasimiz tuman miqyosida o‘tkazilgan kollejlararo sport musobaqasida 1-o‘rinni egallab, shahar bosqichiga yo‘llanma oldi. Qolgan sport turlari bo‘yicha ham o‘quvchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bunda esa jismoniy tarbiya rahbari M. Qurboniyozov hamda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari – Sh. Jumanazarova va M. Hidoyatovlarning mehnati katta.

Aytish joizki, ta’lim maskanimizda o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olish bilan birga, katta hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun ustoz-murabbiylardan yetarlicha saboq olishmoqda. Shunday ekan ertamiz egalari bo‘lgan barkamol avlodning bekamu ko‘st kamol topishida yurtimizda imkoniyat va e’tibor bisyor. Bundan faqatgina unumli foydalanmoq zarur.

Gulshod KULMIRZAYEVA,

Mirzo Ulug‘bek sanoat kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Hokim innovatsion g‘oyalar uchun 65 million so‘m ajratdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: