Taassuroti unutilmas sayohat

Ko‘hna va boqiy Samarqand shahri o‘zining qadim inshootlari, asori atiqalari bilan butun dunyoni hayratga solib kelmoqda. Asrlar silisilasidan bugungi kunga qadar yetib kelgan binolarni kuzatar ekansiz, qalbingizda ajdodlarimizga nisbatan cheksiz g‘urur hissi jo‘sh uradi.

Bu kabi inshootlar qarshisida turgan, olamga hayrat ko‘zi bilan boquvchi, jajji farzandlar nigohidagi hayratni esa so‘z bilan ta’riflash mushkul.

Yaqinda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Ro‘yi zamin sayqali sanalmish ushbu shaharni Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14-sonli va Bo‘ka tumanidagi 15-sonli “Mehribonlik” uylarining tarbiyalanuvchilari sayohat qilishdi.

Yurtimizda har bir o‘g‘il-qizga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni ruhiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish davlatimiz tomonidan doimiy e’tiborda. Yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy an’ana va qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalash bu yo‘nalishdagi ishlarning uzviy davomi sanaladi. Bolalar uchun tashkil etilgan ushbu sayohatdan ham ana shu maqsadlar ko‘zda tutilgan.

– Samarqandni har gal televizor orqali tomosha qilganimizda do‘stlarim bilan birgalikda u yerga borishni orzu qilardik, – deydi Chirchiq shahridagi 14-”Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchisi Feruza Ahmedova. – Bu orzuimiz ushalganidan nihoyatda xursandmiz. Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni kabi tarixiy obidalarni ko‘rishdan baxtiyormiz.

Sayohat davomida bolajonlar ko‘zdan kechirgan qadimiy va noyob me’moriy obidalar hamda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan istiqlol yillarida shaharda barpo etilgan madaniy-ma’rifiy inshootlar, sayilgohlar va bog‘lar ularning hayratiga hayrat qo‘shdi. Yosh o‘g‘il-qizlarning sayohatdan o‘zlari uchun bir olam taassurot olishganini yonib turgan ko‘zlaridan bilish mushkul emas.

– Ushbu sayohatdan ko‘plab taassurotlar oldik, – deydi Bo‘ka tumanidagi 15-”Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchisi Shahzod Hamidov. – Ko‘hna va hamisha navqiron shahar deya ta’rif beriladigan Samarqandning o‘tmishi qanchalik buyuk bo‘lsa, keyingi yillarda bu yerda amalga oshirilgan o‘zgarishlar uning shuhratini yanada oshirganiga guvoh bo‘ldik. Tarixi boy, kelajagi buyuk O‘zbekistonimizning farzandi, yuksak aql-zakovati va bunyodkorlik salohiyati bilan dunyoga mashhur ajdodlarning vorisi ekanimizdan faxrlanamiz.

Samarqandga kelgan mehmon, sayyoh borki, shaharning tarixiy obidalari, betakror me’morlik namunalarini tomosha qilish, ulardan zavq olishni istaydi. Sayohatdan so‘ng ularning taassurotlari bilan qiziqsangiz, avvalo, o‘rta asrlarda shunchalar ulug‘vor, mahobatli bino va inshootlar qurgan ajdodlarimiz aql-zakovatiga tan berib, oradan necha yuz yillar o‘tsa-da, ularning bezavol saqlanayotganidan hayratda ekanliklarini yashirmaydi.

Яна ўқинг:  Ўсма касалликларини олдиндан аниқлаш мумкин

 

Bu kabi sayohatlar yosh avlodni xalqimizning betakror madaniy merosiga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

 

Ushbu sayohat, shubhasiz, bolalarga darslarda olgan bilimlarini kengaytirishga yordam beradi hamda Vatanimiz tarixining salmoqli qismini tashkil etadigan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandga sayohat ular xotirasida abadiy muhrlanadi.

 

Sherzod XUDOYQULOV,

Toshkent – Samarqand – Toshkent

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: