Qarsildoq chipslar

Go‘yo qog‘oz yupqaligi misol nozik tilimlardan iborat bo‘lgan chipslar ko‘pchilikning sevimli mahsulotiga aylanib ulgurgan. Hozirda eng ommalashgan “fast-fud”lar orasida aynan ana shu mahsulotni uchratish mumkin. Xo‘sh, chipslar inson organizmi uchun foydalimi?

Chips va gazli ichimliklar zararli mahsulotlar ichida eng yuqori o‘rinlarda turadi. Uning tarkibida uglevodlar, yog‘, tuz, bo‘yoq va ta’m beruvchi moddalar mavjud. Kartoshkani pishirish jarayonida o‘zidagi barcha foydali xususiyatlarni yo‘qotadi. Undagi yuqori kaloriya, ortiqcha tuz suyaklarning o‘sishiga to‘sqinlik qilib, shishlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Iste’molchilarning ayrimlarida qon bosimining keskin ko‘tarilib ketishi, yurak bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar vujudga kelgani aniqlangan.

Uning tarkibidagi gidrogen yog‘lar saraton kasalligini chaqirish xususiyatiga ega. Organizmdagi xolesterin miqdorini oshishiga, yurak xuruji, infarkt va aterosklerozni keltirib chiqaradi. Sun’iy ozuqaviy bo‘yoqlar va ziravorlar esa allergiyaning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi.

Uning yagona ijobiy tomoni qorin och holda, ayniqsa, vaqt kam bo‘lganda iste’mol qilish mumkin va bu inson kayfiyatni ko‘tarish xususiyatiga ega. Agar chips uy sharoitida sifatli kartoshkadan toza o‘simlik yog‘ida tayyorlansa, uning zarari bir muncha kamayadi. Mutaxassislarning maslahatiga ko‘ra uni qatiq yoki kefir bilan iste’mol qilish mumkin.

Xurshida HUSENOVA tayyorladi

Yana o‘qing:  Odamning ichki a’zolarida ishlovchi robot yaratildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: