Ko‘zi ojizlar uchun maxsus planshet

Bugun uyali telefon, planshet, smartfon va boshqa elektron qurilmalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.

Endilikda bu kabi texnika vositalaridan ko‘zi ojiz kishilar ham foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Michigan universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan texnologik yangilik aynan ko‘zi ojiz insonlar uchun mo‘ljallangan. Hozirda ko‘rish imkoniyati cheklangan kishilar ko‘proq audiokitoblar yoki maxsus dasturlar yordamida matnlarni audioyozuvga aylantiradilar. Brayl yozuvidan boxabar insonlar maxsus planshetlar yordamida ekrandagi matnlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishlari mumkin.

Brent Jillespay va boshqa olimlar yaratgan maxsus ekran mayda puffakchalar bilan qoplangan. Maxsus chip shu puffakchalarga boradigan suyuqlik bosimini boshqarib turishi natijasida brayl shrifti bo‘rtib chiqadi. Buni esa ko‘zi ojizlar darrov payqashadi.

G. EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  ORTIQCHA VAZNGA SABAB “HOMIYLIK”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: