Qanday shakar foydali?

Bir necha yildan buyon olimlar o‘rtasida jigarrang va oq tusdagi shakarning foydali xususiyatlari, bir-biridan farqli jihatlari yuzasidan turli bahs-munozaralar davom etadi.

Kimdir ular o‘rtasida hech qanday tafovut yo‘q, faqat rangi bir-biridan farqlanadi desa ba’zilar jigarrang tusdagi shakar oq ranglisiga qaraganda foydali deb hisoblaydi.

Aslida jigarrang tusdagi shakar oq ranglisidan faqat rangi bilangina farq qilmaydi. Oq shakar qayta ishlangan mahsulot bo‘lib, u shakarqamish va lavlagidan olinadi. Undan farqli o‘laroq, jigarrang tusdagisi qayta ishlanmagan shakardir.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, jigarrang va oq shakar tarkibidagi uglevodlar miqdori bir xil bo‘lib, ular o‘rtasidagi farq mineral moddalar va vitaminlar bilan bog‘liq ekan. Jigarrang shakar tarkibida mineral moddalar va vitaminlar ko‘p bo‘lib, uni iste’mol qilish natijasida oq shakarnikidek ortiqcha vazn to‘plash hollari kuzatilmaydi.

Agar siz do‘kondan jigarrang shakar xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, e’tiborliroq bo‘lishni tavsiya etamiz. Chunki, bilmagan holda bo‘yalgan, rafinadlangan oq shakarni sotib olib qo‘yishingiz hech gap emas. Shu bois, qadoqdagi yozuvni diqqat bilan o‘qib chqing. Agar u yerda “rafinadlanmagan”degan yozuvga ko‘zingiz tushsa, demak, mahsulotni qo‘rqmay sotib olishingiz mumkin.

Yana o‘qing:  O‘smirdagi tajovuzkorlik sababi nima?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: