HAMYURTLARIMIZDAN YANGI REKORDLAR

Portugaliyaning Funchal shahrida suzish bo‘yicha o‘tkazilayotgan Yevropa ochiq chempionatining dastlabki kunidayoq Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan uch nafar sportchimizning barchasi sovrinli o‘rinlarni egallash bilan birga, jahon va Osiyo rekordlarini ham yangilashga muvaffaq bo‘ldilar.

100 metr masofaga batterflyay usulida suzish musobaqasida ishtirok etgan hamyurtimiz Muslima Odilova belgilangan masofani 1: 04, 98 soniyada bosib o‘tib, jahon rekordini yangiladi. Xuddi shu masofaga bo‘lib o‘tgan musobaqada yana bir hamyurtimiz Shohsanam Toshpo‘latova 1: 05. 81 natija bilan yaponiyalik Kasomoto Akariga tegishli bo‘lgan (01: 22, 00) natijani yangiladi.

Erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga batterflyay usulda suzish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada ham yangilangan Osiyo rekordi O‘zbekiston terma jamoasi a’zosiga tegishli bo‘ldi. Tajribali sportchimiz, Paralimpiya hamda Paraosiyo o‘yinlarida rekord ko‘rsatkichlarni yangilash hadisini olgan Kirill Pankov Portugaliyada ham an’anani davom ettiryapti. U belgilangan masofani 00: 57, 97 soniyada suzib o‘tib, yaponiyalik Tomita Uchuga tegishli bo‘lgan Osiyo rekordini (01: 04, 73) katta farq bilan yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Qulupnayli tort

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: