KICHIK CHEMPIONNING ORZUSI

Oilamizda bobo-buvilarimning o‘rni katta. Ularning mehribonligini aytmaysizmi?

Ayniqsa, buvamning har bir savolimga erinmay batafsil javob berishlarini yaxshi ko‘raman. Shu bois u kishidan juda ko‘p narsalarni o‘rganyapman. Bobom akam, men va ukamga ko‘p bora “Yoshlikda olgan bilim toshga o‘yilgan naqsh, egallangan hunar bamisoli xazina”, deya uqtiradi.

Biz nabiralarni har birimizni turli to‘garaklarga, hunarga, sportga yo‘naltirganlar. Men ham bobomning yo‘l-yo‘rig‘i bilan tumanimizdagi “Barkamol avlod” markazi qoshida ochilgan Turon yakkakurashi sport to‘garagiga qatnasha boshladim. Ustozim Sodiq aka Qosimovning qat’iyati, talabchanligi va intizomsevarligi avval menga biroz mushkul tuyulgan bo‘lsa endilikda bu tizimga moslashib bordim. Turon yakkakurashi sport turida ishtirok etayotganimga u qadar ko‘p vaqt bo‘lmasa-da oradan oz muddat o‘tib sportning hayotimda ijobiy ta’siri sezila bordi. To‘g‘rirog‘i oyijonim, dadam va atrofdagilar shu fikrda. Oyimning aytishicha, avvalgidek ishlarim pala-partish emas, endi tartibli bo‘lib boshlabdi. Buning uddasidan chiqayotgan ekanman. Endilikda darslarga ham o‘z vaqtida qatnashib, a’lo baholarimning soni ko‘paymoqda. Hatto, yaxshi baholarim va namunali xulqim uchun maktabimiz tomonidan bir qator maqtov yorliqlarini qo‘lga kiritdim. Sportda ham asta-sekinlik bilan yutuqlarimning soni ham ortyapti. O‘tgan yili Xorazm viloyati Xiva shahrida Turon yakkakurashi bo‘yicha 2005 yilda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida uchinchi darajali diplom bilan taqdirlandim. Yaqinda Turon yakkakurashi bo‘yicha Toshkent shahar birinchiligida 22 vazn toifasidagi bolalar o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladim. Endilikda maktabda ustozlar orasida ancha ko‘zga ko‘rinib qoldim. Ularning menga hurmati va e’tibori ham ortdi. Kichik bir yutug‘imni qutlash uchun uyimizga kelganlarga, ko‘cha-ko‘ydagilarga bobom bizlarning muvaffaqiyatlarimizni nazarda tutib “Bu men yaratgan bog‘ning nishonasi, xolos”, deb qo‘yadi. Men ham bu so‘zlaridan g‘ururlanib ketaman. Va, albatta kelajakda jahon chempioni bo‘lishga harakat qilaman. Chin chempionlik so‘zi!

Jamoliddin HAMIDULLAYEV,

Toshkent shahri Uchtepa tumani,

287–umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: