CHIN DO‘ST

Lola va Nigora bir sinfda o‘qishadi. Sirdosh dugonalarning o‘zaro ahilligiga barchamizning havasimiz keladi. Ular har kuni maktabga birga qatnaydi, birga dars tayyorlab bilmaganlarini bir-biriga o‘rgatadi.

Nigora maktab kutubxonasidan kitob olsa albatta Lola uchun ham qo‘shib oladi. Bunga javoban dugonasi ham borini unga ilinadi. Lof gapirayapti demang-gu biron marotaba bo‘lsa ham ularning arazlashib qolganlarini eshitmaganmiz.

Bugun ham har kungidek jaranglagan qo‘ng‘iroq ovozi tinishi bilan maktab yo‘lagidagi bolalarning shovqini ham bosildi. Sinfga kirgan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi birma-bir yo‘qlama qila boshladi. Nogohon ko‘zim Lolaning ma’yus chehrasiga tushdi. Darvoqe, nega uning bir o‘zi o‘tiribdi, Nigora qani? Savolimga javobni ustozimizning Akbarova Nigora, iya, Lola partadoshing qani, – degan savolidan bilib oldim. – Ustoz Nigoraning onasi qattiq betob bo‘lib qolibdi, shuning uchun u bugun darsga kelolmaydi. Ertalab maktabga chaqirish uchun uning uyiga borgan edim. O‘zim bilan birga uning daftarlarini ham olib keldim. Mana u uy vazifasini to‘liq bajargan ekan. Ustozimiz Lolaning qo‘lidan Nigoraning daftarini olar ekan, bir zum unga tikilib qoldi. Qizim agar daftardagi uy vazifasini baholasam, darsdan so‘ng dugonangga olib borasanmi?

– Yo‘q ustoz, tanaffusda bugungi o‘tilgan mavzuni, berilgan uy vazifasini ham uning daftariga yozib, so‘ngra uyiga tashlab o‘taman. Bu javobdan o‘qituvchining chehrasi yanada yorishib ketgandek bo‘ldi.

Yulduz SHERALIYEVA,

“Nafis g‘unchalar” to‘garagi a’zosi.

Яна ўқинг:  ҲАРБИЙ ТИББИЁТНИНГ ИСТИҚБОЛЛАРИ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: