OLIMPIADAGA YANA YeTTITA YO’LLANMA
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Xitoyning Kuinan shahrida o‘tkazilgan Osiyo-Okeaniya Olimpiya saralash musobaqasida 5 oltin va 2 kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Nufuzli musobaqada o‘ttizdan ziyod davlatdan jami 226 bokschi sovrinli o‘rinlar bilan birga joriy yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qiladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari uchun kurashdi.
Hamyurtlarimiz Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov, Shaxram G‘iyosov, Elshod Rasulov, Rustam To‘laganovlar raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Vazni 91 kilogrammdan yuqori bo‘lgan sportchilar bellashuvida Bahodir Jalolov va xotin-qizlar o‘rtasida vazni 51 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida Yodgoroy Mirzayeva kumush medal bilan taqdirlandi.
Bokschilarimiz ushbu musobaqada Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘ladigan XXXI yozgi Olimpiadaga yettita yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
T. ORTIQOVA