MAKTABDA G‘AZALNAVISLIK KEChASI
Buyuk siymolar e’zozi yosh avlodni ona Vatanga sadoqatli farzandlar bo‘lib ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Kuni kecha poytaxtimizning Yashnabod tumanidagi 155-maktabda ham ana shunday ulug‘ ajdodlarimizga ehtirom sifatida “Navoiyxonlik va Boburxonlik” oyligi yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu bayram tadbirida bir oy davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan devoriy gazetalar, bukletlar, insholar va elektron holatdagi slaydlar namoyish etildi. Maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Mavluda Mirhabibova boshchiligida tayyorlagan ko‘rgazmali vositalari bilan g‘oliblikni egallagan 8-”A” sinf o‘quvchilari yana yangi tanlovlarga qizg‘in hozirlik ko‘rishmoqda.
Umidjon DONABOYEV