FARZANDLAR SALOMATLIGI YO’LIDA

Sog‘lom farzand nafaqat ota-onaning, balki jamiyatning ham boyligi, ishonchi va tayanchidir. Shu bois mamlakatimizda bolalarni sog‘lom va barkamol qilib voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ham faol ishtirok etmoqda. Fond tomonidan Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda bolalarning qo‘l-oyoq bo‘g‘imlaridagi tug‘ma nuqsonlari, terining kuyish asoratlari samarali davolanmoqda.

Ushbu hamkorlikning davomi sifatida Germaniyaning mazkur xalqaro tashkiloti mutaxassislari 16-17 mart kunlari poytaxtimizda bo‘lib, Fondning tibbiy-ijtimoiy markazida Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Ertaga xorijlik shifokorlar Jizzax shahridagi viloyat ko‘ptarmoqli bolalar tibbiy markazida Jizzax va Sirdaryo, so‘ngra Qarshi shahridagi viloyat ko‘ptarmoqli bolalar tibbiy markazida Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari, Samarqand shahridagi viloyat ko‘ptarmoqli bolalar tibbiy markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatidan kelgan bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishadi.

Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra og‘ir deb topilgan bemor bolalar joriy yilning avgust oyida Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanish uchun 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan vaqtga jo‘natiladi.

Charos ERKINOVA

Yana o‘qing:  MA’RIFATGA ChORLOVCHI MASKAN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: