ShO‘R SUVDAN QUVVAT OLADIGAN FONUS

Hydra-Light kompaniyasi quvvati tugab qoladigan batareyalar bilan bog‘liq nojo‘ya holatni butunlay yo‘qqa chiqaradigan, innovatsion fonusni taqdim etdi.

Uning ishlashi uchun faqatgina sho‘r suv talab qilinadi xolos. Ushbu fonus aktiv ta’tilni xush ko‘ruvchilar, dala hovlida yashovchilar va sayohatchilar uchun qulaydir. Qurilmaning korpusida EC-250 yoqilg‘i elementi saqlanadi. U konteyner, katod sifatida qo‘llaniladigan karbonli plyonka va yuqori energetik zichlikka ega “PowerRod” anod quymasiga ega. “PowerRod” sho‘r suv bilan reaksiyaga kirishganda, tuzlana boshlaydi va tok ishlab chiqaradi. Foydalanuvchilar fonusdan foydalanish uchun oddiy sho‘r suvdan hamda dengiz suvidan foydalanishlari mumkin. Batareyada shuningdek, standart USB-ulagich bo‘lib, uning yordamida foydalanuvchi mobil qurilmalarni quvvatlab olishi mumkin. Bitta yoqilg‘i elementi, fonusning 250 soat ishlashini ta’minlaydi.

G. EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  JCHning rasmiy to‘pi tanishtirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: