Biz istiqlol farzandlari!
Andijdon viloyati Jalaquduq tumani 49-davlat ixtisoslashtirilgan maktab hamda Agrosanoat kasb-hunar kollejida “Yurtimiz iftixorlari – yoshlar davrasida” loyihasi asosida “Biz istiqlol farzandlari!” deya nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi, tuman hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirga Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari va turli ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchi qizlar taklif etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ayniqsa, qizlarning bilim olishda, kasb-hunar egallashlaridagi keng imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tdilar.
Umidjon MAMARASULOV