5 KARRA “OLTIN TO‘P” SOHIBI

Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA kuzatishi bo‘yicha 2015 yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Unga ko‘ra “Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Oltin to‘p – 2015” mukofotiga loyiq deb topildi.

Ovoz berganlarning 41, 33 foizi Messini qo‘llab-quvvatlagan. Ikkinchi o‘rin “Real Madrid” yetakchisi Krishtianu Ronalduga (27, 76 foiz) nasib etgan bo‘lsa, “Barselona”ning yana bir a’zosi Neymar (7, 86 foiz) uchinchi o‘rin bilan cheklandi. Eslatib o‘tamiz, Leo Messi bunga qadar 2009, 2010, 2011, 2012 yillarda eng yaxshi futbolchi deb topilgan edi. Shuningdek, “Yilning eng yaxshi murabbiyi”, “Ayollar jamoalari eng yaxshi murabbiyi”, “Feyr-Pley” sovrini, ayollar o‘rtasida “Yilning eng yaxshi futbolchisi” va eng chiroyli gol uchun “Pushkash sovrini” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Buxoroda kelgusi yildan ochiq yurakda operatsiyalar o‘tkaziladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: