KO‘Z HAM GRIPP BO‘LADIMI?

Keyingi yillarda ko‘z grippi degan so‘z ham tez-tez qulog‘imizga chalinadigan bo‘ldi. Bu qanday xastalik ekanligi va govmijja xususida ham sahifamizda tibbiyot fanlari nomzodi, bolalar oftolmojarrohi Shohida Dadamuhamedova quyidagilarni bayon etdi:

– Bu ko‘zning adenovirusli, yuqumli kasalligidir. Xastalik o‘tkir boshlanib, organizm intoksikatsiya jarayoni sababli viruslardan zaharlanadi. Shuningdek, kasallik tufayli ko‘zning shilliq qavati – ko‘z olmasining kon’yunktivasi yallig‘lanadi. Adenovirusli kon’yunktivit sovuq kunlarda ko‘p uchraydi. Ushbu kasallik xuddi gripp yoki O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya)larning belgilari kabi boshlanadi. Yuqumli, adenovirusli kon’yunktivitlarni 3, 7a, 11, shuningdek, 4, 6, 7, 10 tur adenovirus serotiplari qo‘zg‘atadi. Xastalik havo-tomchi va maishiy muloqot yo‘li bilan yuqadi. Bemor odam aksirganda va yo‘talganda sog‘lom odamga kasallik yuqadi. Yoki u iflos qo‘li bilan ko‘zini ishqaganida ham ko‘z shilliq qavati yallig‘lanadi.

Kataral, follikulyar va pardali adenovirusli kon’yunktivit farqlanadi. Kasallikning kataral, follikulyar turi turli yoshda yuzaga keladi. Pardali kon’yunktivit asosan go‘daklarda uchraydi.

Chaqaloqning immuniteti susayib ketsa, xastalik o‘tkir (birdan) boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bu kasallik bilan bir necha marta og‘rishi mumkin. Shundan so‘ng ushbu dardga nisbatan ularda tabiiy immunitet shakllanadi. Bu esa go‘daklarda adenovirusli pardali kon’yunktivitni yuqtirish ehtimolini kamaytiradi. Agar kasallik sog‘lom odamga yuqsa inkubatsion (yashirin) davr ikki hafta davom etadi. Adenovirusli kon’yunktivitning quyidagi klinik belgilari kuzatiladi:

Qovoqlarning shishishi, ko‘z shilliq qavatining yallig‘lanishi, ko‘zdan shaffof shilimshiq va yiringli ajralma kelishi, shox pardaning sezuvchanligining kamayishi. Dastlab bemor a’zoi badani qaqshab, boshi og‘rishidan shikoyat qiladi. Keyin uning tana harorati oshadi. Xasta odam yoki bemor bolaning bo‘yin va jag‘ osti limfa tugunlari kattalashadi. Ko‘z shox pardasi va uning shilliq qavatida og‘riq va sanchib og‘riganday sezgi kuchayadi. Ko‘zning qizarishi va shishib ketishi ham ushbu xastalikka xos belgilar hisoblanadi. Organizmdagi eng nozik a’zo bo‘lgan ko‘zda pardasimon yallig‘lanish jarayonining paydo bo‘lishiga inson immun tizimining susayib ketishi sabab bo‘ladi. Shifokor bemorga klinik va biokimyoviy qon tahlilini topshirishni buyuradi. Ko‘krak qafasi va burunning yondosh (Gaymor) bo‘shlig‘i rentgen qilinadi. Agar bemor o‘zboshimchalik bilan noto‘g‘ri davolansa xastalik asorat qoldiradi. Ko‘z shox pardasining yallig‘lanishi-keratakon’yunktivit kasalligi ko‘z yoriqlarining butunlay bekilib qolishini keltirib chiqaradi. Bunday holatda bemor yorug‘likka qaray olmaydi. Shuningdek, ko‘z shox pardasida oq dog‘ paydo bo‘ladi. Bemorda 30-40 foiz holatlarda xastalikning yana bir asoratlaridan iridatsiklit – ko‘zning rangdor pardasi va siliar tanasining yallig‘lanishi kuzatiladi.

Yana o‘qing:  Emlash – virusli gepatit profilaktikasida muhim omil

Unutmang aziz yurtdoshlar!

Toza qo‘llar – salomatlik garovi. Bolalikdan farzandlaringizga qo‘llarini doimo sovunlab yuvib yurishni o‘rgatish ularni nafaqat ko‘z xastaligi, balki turli gijjalar va sariq (A gepatiti), diareya (ichketar)dan ham asraydi.

Davosi:

Xastalik boshlangandan bemor darhol oftolmologga murojaat qilishi zarur. Shundagina yuqorida bayon qilib o‘tganimiz kabi kasallikning og‘ir asoratlarining oldi olinadi. Dono xalqimizda “Ko‘zing og‘risa, qo‘lingni tiy” degan maqol mavjud. Kir qo‘llar bilan umuman ko‘zni ishqalamaslik kerak.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: