G‘OLIBLAR ANIQLANDI

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Xotin-qizlar qo‘mitasining “Eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi. 122 nafar boshlang‘ich tashkilot raislari ishtirok etgan mazkur tadbir yettita nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi.

– Bu kabi ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etish faoliyatimizni yanada takomillashtirishga turtki bo‘ladi, – deydi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti chet tillari fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi, dotsent Dilbar Xajiyeva. – Universitet talaba qizlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kiyinish madaniyati”, “Erta nikohning oldini olish”, “Siz muomala madaniyatini bilasizmi?” va shu kabi boshqa tarbiyaviy mavzulardagi tanlov va davra suhbatlari yoshlar ongida imon-e’tiqod, mehr-oqibat, insonparvarlik kabi fazilatlarni shakllantirishga, erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olishga yordam bermoqda.

Ishtirokchilar o‘rtasida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

G‘olib va ishtirokchilarga diplom hamda hamkor tashkilotlarning sovg‘alari topshirildi. Tadbir so‘nggida xalqimiz sevgan san’atkorlar ijrosidagi konsert dasturi namoyish etildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E. Bositxonova ishtirok etdi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  RAVSHAN ERMATOV – 2015 YILNING ENG YAXShI HAKAMI!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: