MAHALLA – OILAVIY TADBIRKORLIK MARKAZI

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi tomonidan mahallalarda xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisining o‘rinbosari G.Alimova mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarishning noyob bo‘g‘ini bo‘lgan mahalla institutining hayotimizdagi o‘rni va roli tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilishi ushbu yo‘nalishdagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 26 aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirishda muhim huquqiy asos bo‘layotir.

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan mazkur qonunning mazmun-mohiyatini targ‘ib etish, “Mustahkam oila yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish maqsadida joylarda minglab targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari tashkil etildi. Oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatida bo‘lgan to‘rt yarim ming nafarga yaqin fuqaroga banklardan kredit olish va ish faoliyatini boshlashda ko‘maklashildi. Bunday tadbirlar tufayli mahallalarimizda qirq yetti mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bugungi kunda mahallalarda novvoylik, sartaroshlik, duradgorlik, kulolchilik, kosiblik, yog‘och o‘ymakorligi, tikuvchilik, kasanachilik, zardo‘zlik kabi sohalar tobora rivoj topmoqda. To‘rt milliondan ortiq oila o‘z tomorqasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirmoqda.

“Mustahkam oila yili” Davlat dasturi doirasida “Mahalla” xayriya jamoat fondining joylardagi bo‘limlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga qoramol va parranda olib berildi. “Obod turmush yili”da mahallalarimizda bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengayadi.

Matbuot anjumanida mahallalarda oilaviy tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish samaralari, hamkorlik loyihalari va istiqboldagi vazifalar xususida batafsil ma’lumot berildi.

B.XIDIROVA,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  FAROVONLIK VA OBODLIK YO’LIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: