HAMKORLIK LOYIHALARI AMALDA

Jismonan baquvvat, ma’nan yetuk farzandlar tarbiyalash, onalik va bolalikni muhofaza qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, oilalarda sog‘lom avlodning tug‘ilishiga erishish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi samarali faoliyat yuritmoqda.

Fondning joriy yil 9 oy yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ham ushbu masalalar atroflicha muhokama qilindi. Ushbu anjumanda fondning hamkorlari hisoblangan vazirliklar va idoralarning mutasaddi vakillari ishtirok etib amalga oshirilgan ishlar xususida hisobot tinglandi. Fond boshqaruvi raisi Svetlana Inamova matbuot anjumanida so‘zga chiqib hisobot davrida fond va uning hududiy filiallari orqali 593 dona 71 mln. so‘mlik nogironlik aravachalari, 188 dona 22, 6 mln. so‘mlik ortopedik mahsulotlar, 7 dona 5, 4 mln. so‘mlik maxsus velosiped, 7 dona 4, 4 mln. so‘mlik velo-aravachalar o‘z egalariga topshirilgani xususida aytib o‘tdi. AQSHning “Resource and Policy Exchange” xalqaro tashkiloti tomonidan 2015 yilning shu davriga qadar 311 ming 441, 4 AQSH dollariga teng bo‘lgan 112 ming 500 kg. vitaminlar bilan boyitilgan quritilgan sabzavot sho‘rvasi ko‘rinishidagi muruvvat yordami tegishli tibbiy va ijtimoiy muassasalariga tarqatildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi o‘z yo‘nalishi doirasida xayriya tadbirlarini amalga oshirishda AQSH ning “Resource and Policy Exchange”, Germaniyaning “Friedensdorf International”, Singapur Respublikasining “Smile Asia” va boshqa xalqaro xayriya tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda 21 nafar bemor bola davolanish uchun Germaniyaning nufuzli klinikalariga 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan vaqtga jo‘natildi. Koreya Respub­likasining In Xa universiteti gospitali malakali shifokorlari joriy yilning sentyabr oyida yurtimizga tashrif buyurib, ming nafardan ortiq fuqarolarimizni umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Shuningdek, anjumanda bolajonlarni sport, sog‘lomlashtirish, musiqa va san’at, rassomlik kabi yo‘nalish­larda iqtidorlarini namoyon etish borasida 1 ming 361 marotaba madaniy-ma’rifiy va bolalar sportini rivojlantirish borasida 826 ta tadbir tashkil etilgani xususida to‘xtalib o‘tildi. Matbuot anjumani so‘ngida ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

J. HAYDAROVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  O‘ZBEKISTONDA YANGI VAKSINA QO‘LLANISH ARAFASIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: