O‘quvchilarim umidim

– Bolalar hayotimning mazmuni. Ularning qiyqiriqlari, hattoki to‘polonlari ham umrimga mazmun bag‘ishlaydi. 33 yillik pedagoglik faoliyatim davomida ko‘plab o‘quvchilarga saboq berdim. Shogirdlarim tez-tez kelib mendan xabar olib turishadi. Bayramlarda, tadbirlarda, albata, kelib tabriklashni kanda qilmaydilar. Shunday vaqtlarda o‘z kasbimdan yana ham faxrlanib ketaman. Zero, o‘quvchilarimsiz hayotimni tasavvur qila olmayman.

1-oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan ko‘plab kasbdoshlarim singari men ham davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlandim. Bu bizning ozgina mehnatimizga davlatimiz, Yurtboshimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor namunasidir. Mazkur mukofot o‘z kuchimga, bilimimga bo‘lgan ishonchni yanada oshiradi. Ta’lim jarayonlariga, xususan, matematika fanini o‘quvchilarga o‘rgatishda yangidan-yangi usullarni kiritishga va izlanishga undaydi. Kelajakda xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimning g‘alaba qozonishlari uchun harakat qilaman.

Mustaqil Vatanimiz farzandlarining ma’nan barkamol bo‘lib o‘sib-ulg‘ayishlari yo‘lida mening ham hissam borligini anglab yashash qanday baxt. O‘tmishi ulug‘vor, kelajagi buyuk xalqning farzandlariga ta’lim berishdek sharafli yo‘lda sidqidildan mehnat qilaman. Ishonamanki, o‘quvchilarim kelajakda xalqiga, yurtiga nafi tegadigan fidoyi insonlar bo‘lib ulg‘ayadilar.

Turdiali BERDIYEV,

O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  ONA BAG‘RI – BAXT OSHIYONI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: