DUNYODAGI BIRINCHI BOLALAR AVTOMOBILI
Yaponiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi “Toyota” kompaniyasi nafaqat o‘zining mavjud mijozlari, balki kelajakdagi mijozlari to‘g‘risida ham qayg‘uradi. “Tokyo Toy Show” ko‘rgazmasida kompaniya bolalar uchun mo‘ljallangan “Toyota Camatte “ mashinasini taqdim etdi.
Ushbu noyob transport vositasining bo‘yi 2,7 metr, eni 1,2 metrni tashkil etadi. U uch kishi – old o‘rindiqdagi haydovchi va orqa o‘rindiqdagi ikki yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan.
O‘zining “o‘yinchoq” ko‘rinishiga qaramasdan, ushbu mashina haqiqiy dvigatel bilan jihozlangan. Undagi elektr dvigatel bir marta kuchlanish bilan o‘n kilometrgacha yurish imkonini beradi. Mashina shahar ko‘chalarida emas, bog‘lar, piyodalar va velosipedlar uchun ajratilgan yo‘laklarda yurishga mo‘ljallangan.
Toyota Camatte mashinasini boshqaruvchi bolalarga hech qanday xavf tahdid solmaydi. Sababi avtomobil halokatga olib keluvchi tezlikka ega emas.
Xurshida HUSENOVA