WALKCAR YANGI TRANSPORT VOSITASI
Yaponiyaning “Cocoa Motors” kompaniyasi yangi shaxsiy transport vositasini taqdim etdi. Oddiy noutbuk hajmidagi mazkur transport vositasi barcha avtomobillar singari to‘rtta g‘ildirakka ega.
Uning yuqori tezligi soatiga 10 km bo‘lib, odam chiqishi bilan harakatlanishni boshlaydi. Aksincha ustida hech kim yo‘q bo‘lsa shu zahoti o‘chadi. Burilishlar vaqtida xaydovchi tanasini kerakli tarafga egilsa kifoya. Qurilma o‘zi burilib ketaveradi.
“WalkCar”ning korpusi alyumin bilan qoplangan bo‘lib, u 120 kg gacha bo‘lgan og‘irlik bilan harakatlana oladi. Yengilgina, o‘zingiz bilan sayohatlarga olib yurishga juda qulay bo‘lgan mazkur transport batareyasi bir quvvatlantirilganda 12 km masofani bosib o‘tishga yetadi.
G.EGAMBERDIYEVA