PISTALI PAHLAVA

Zarur mahsulotlar: 1 kg. un, 4 dona tuxum, 1 qoshiq tuz, 0.5 kg. kraxmal, 500 gr. margarin, 4 stakan maydalangan pista, 1 stakan suv. Qiyomiga: 1 kg. shakar, 2 stakan suv, yarimta limon suvi.

Tayyorlanishi: unni elab, o‘rtasiga tuxum chaqiladi va tuzli suvdan oz-oz qo‘shib xamir qoriladi. Xamirni selofan paket bilan o‘rab qo‘yamiz. So‘ng uni 12 bo‘lakka bo‘lib, har bir bo‘lakni juda yupqa qilib yoyish zarur. Xamir yoyilganda orasiga kraxmal sepiladi. Xona haroratida yumshab turgan margarinni biror idishga solib yaxshilab ko‘pirtiramiz. Yoyilgan xamirlarga shu yog‘dan yaxshilab surib, maydalangan pista sepib, yog‘langan patnisga ustma-ust qilib joylashtiriladi. Oxirgi xamir yopilgach pahlava to‘rt burchak shaklida kesib chiqiladi. Ortib qolgan yog‘ni ustidan quyib, 190 daraja issiqlikdagi duxovkaga qo‘yib qizarguncha pishirib olamiz. Ungacha qiyom tayyorlaymiz. Shakarga suvni solib qaynatiladi, quyuqlashgach olovdan olinadi va limon suvi solib sovutiladi.

Gaz pechidan pahlavani olib issiqligida sharbat quyiladi.

To‘liq sovutilib 2 soatga muzlatgichga qo‘yiladi.

GULOYIM

Yana o‘qing:  WALKCAR YANGI TRANSPORT VOSITASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: