“KAMOLOT” KUBOGI YAKUNLANDI

Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan futbol bo‘yicha an’anaviy “Kamolot kubogi” respublika turniri yakunlandi.

Musobaqaning mintaqaviy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan oltita jamoa yakuniy bosqichda o‘zaro kuch sinashdi.

Turnirning final uchrashuvi “Paxtakor” markaziy stadionida Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Yangiariq Qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji va Toshkent shahridagi Olmazor Politexnika kasb-hunar kolleji jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan uchrashuvda Olmazor Politexnika kasb-hunar kolleji jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va “Kamolot” kubogini qo‘lga kiritdi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Bolalar va o‘smirlar salomatligi yo‘lida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: