Yuksak ma’naviyatli avlod

Andijonda “Yuksak ma’naviyatli avlod” respublika yoshlar festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur festivalda umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarining 350 ga yaqin o‘quvchi va talabalari ishtirok etdi. Ishtirokchilar “Prezident asarlari bilimdoni”, “Mustaqillik tarixi bilimdoni”, “Eng iqtidorli hunarmand”, “O‘z asarida milliylikni aks ettirgan rassom”, “O‘z asarida milliylikni aks ettirgan dizayner”, “Vatan kuychisi”, “Yuksak ma’naviyatli avlod”, “Badiiy ijod” kabi yo‘nalishlarda o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

– Yurtimizda biz, yoshlarning bilimli, kuchli va intellektual yuksak salohiyatli insonlar bo‘lib voyaga yetishimiz uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud, – deydi Bo‘z pedagogika kolleji o‘quvchisi Nurxon Turg‘unboyeva. – Bugun festivalda “Badiiy ijod” nominatsiyasining she’riyat yo‘nalishida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdim. Ijodim mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lganidan xursandman.

Festivalning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan 20 nafar ishtirokchi tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.

Mirolim ISAJONOV,

Andijon viloyati

Yana o‘qing:  Bola kulgusi, ona quvonchi – ulkan saodat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: