“Salomatlik” poyezdi ezgu yo‘lga chog‘landi

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi hamkorligida navbatdagi “Salomatlik” poyezdi Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga jo‘nab ketdi.

“Salomatlik” poyezdi jo‘natilishi munosabati bilan mazkur viloyatlarda 13 mayga qadar “Salomatlik kunlari” tashkil etiladi. Bir hafta davomida malakali mutaxassislar tomonidan bolalar, xotin-qizlar, ko‘p bolali oilalar a’zolari va boshqa tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lomlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Xayriya aksiyasi davomida davolash-profilaktika muassasalari va aholiga tibbiyot anjomlari, sanitariya-gigiyena vositalari, dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak hamda yetkazib berish rejalashtirilgan. Ushbu “Salomatlik” poyezdi tarkibidagi muruvvat yuklari bir qator xalqaro tashkilotlar ko‘magida shakllantirilgan.

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: