MUQOBIL ENERGIYa
elektr quvvatining oshishiga xizmat qiladi
Hozirgi kunda yonilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Ayni paytda qazib olinadigan yonilg‘ilar – ko‘mir, neft, tabiiy gaz va uran zahirasi dunyo energetika balansining asosi hisoblanadi.
Butun dunyo noan’anaviy energiya turlaridan foydalanishga katta qiziqish bildirmoqda. O‘zbekiston sharoitida kichik gidrostansiya, quyosh, shamol, biomassa resurslari va geotermal energiya turlaridan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Qayta tiklanadigan energiya manbalari chekka, tog‘li va mavjud energiya manbalaridan uzoq bo‘lgan tumanlar uchun yagona iqtisodiy, oson erishish mumkin bo‘lgan energiya manbaidir. O‘zbekistonda muqobil energiya manbaalarini rivojlantirish, siyosiy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishiga ko‘maklashish uchun yangi qadamlar qo‘yilmoqda.
“Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida muqobil energiya manbaalaridan umumiy tarzda foydalanishning huquqiy chegarasi aniqlangan. Bu borada xalqaro homiy tashkilotlar, moliya institutlari tomonidan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Quyosh energiyasidan foydalanish, elektr energiyasini hosil qiluvchi fotoelektr qurilmalar ishlab chiqarishning samarali yo‘lga qo‘yilayotgani mamlakatimizda muqobil elektr energiyasi ishlab chiqarish sur’atlarini yanada o‘sayotganidan dalolat beradi.
Hamza ROZMETOV,
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi inspektori