500 YIL YASHASHI MUMKIN

Google Ventures kompaniyasi prezidenti Bill Meris insonning biologik imkoniyatlari haqida o‘ziga xos fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, inson organizmi 500 yildan uzoqroq umr kechirishi mumkin.

Shu sababdan “Google” genetikaga moslashgan kompaniyani rivojlantirish uchun juda katta mablag‘ yo‘naltirmoqchi. Bill Meris qarilikka va og‘ir kasalliklarga qarshi dori ishlab chiqarish yo‘lida izlanish olib borayotgan olimlar bilan hamkorlik qilish niyatida.

“Agar siz mendan hozir inson umrini 500 yilgacha uzaytirish mumkinmi deb so‘rasangiz, men hech ikkilanmay “ha” deb javob beraman. Bugungi kunda fan texnika va tibbiyotning rivojlanishi bunga imkon yaratmoqda”, deydi Meris “Bloomberg” nashriga bergan intervyusida.

“Google” tomonidan mazkur yo‘nalishda bugungacha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida inson sog‘lom turmush tarziga oshno bo‘lsa bemalol 120 yoshga kirishi mumkin degan xulosaga kelishdi. Keyin esa unga biologik texnologiyalarning yordami kerak bo‘ladi.

Aziza ShODIYEVA,

Toshkent tibbiyot akademiyasi III bosqich talabasi

Yana o‘qing:  Qattiq jazolash bolalarning agressivligiga sabab bo‘ladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: