Sport xabarlari (2015/15)

Sport gimnastikasi

Sloveniyaning Lyublyana shahrida o‘tkazilgan jahon chaqiruv kubogining navbatdagi bosqichida terma jamoamiz a’zosi Oksana Chusovitina oltin medalga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, tajribali sportchimiz musobaqaning tayanib sakrash bahslarida 14,6 ball jamg‘arib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan. Mezbon sportchi Teya Belak kumush, gollandiyalik Noel van Klaveren bronza medal bilan taqdirlangan.

Armrestling

Antaliya shahrida davom etayotgan Osiyo ochiq chempionatida O‘zbekiston sportchilari munosib ishtirok etmoqda.

Sanjar Fayzullayev vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan cportchilar bahsida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Xolmat Jalolov, Humoyun Toshmuhammedov, Temur Jabborov va Sirojiddin Konishev o‘z vazn toifasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Qizlar bahsida Gulchehra Abdullayeva shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Sitora Xo‘jamova kumush medal bilan taqdirlandi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Farmatsevtika: soha istiqboli yo‘lida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: