YILNING ENG YAXShI FAN O‘QITUVCHISI
Xalq ta’limi vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ustoz va murabbiylar orasida tashabbuskor, doimiy yangilikka intiluvchi, ilg‘or tajribali o‘qituvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili an’anaviy ravishda “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinadi.
Bu tanlovda umumta’lim maktablari pedagogik xodimlari orasidan ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘qituvchilarning turli fanlar yo‘nalishidagi iqtidorlarini aniqlash, har bir fan o‘qituvchisining maktab, tuman (shahar), viloyat, respublika miqyosida eng kuchlisini kashf etish, aniqlangan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tanlovning bu yilgi respublika bosqichi Toshkent shahrida o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan kelgan pedagoglar ishtirok etishdi.
Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchi va pedagoglar orasida eng ilg‘or tajribalarni aniqlash hamda ularni ommalashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratib keladi. “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi direktori”, “Yilning eng yaxshi psixologi”, “Yilning eng yaxshi uslubchisi” va boshqa ko‘rik-tanlovlar orqali ilg‘or, tashabbuskor, ijodkor pedagoglar tajribasini ommalashtirish orqali ta’lim mazmunini takomillashtirish maqsadi ko‘zlangan.
Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati