ChIROYLI YOZUV VA IMLODAGI XATO HAQIDA XABAR BERUVCHI RUCHKA

Bolalarning to‘g‘ri va bexato yozishlarini ta’minlash uchun germaniyalik olimlar “Lernstift ren” deb nomlangan aqlli ruchkani kashf qildilar. Mazkur qurilma imlo qoidalarini va bexato yozishni o‘rganishga yordam beradi.

Ushbu g‘aroyib ruchka ichida mini kompyuter bo‘lib, u “Linux” operatsion tizimida ishlaydi. Qurilma ichida shuningdek, harakat ko‘rsatish, ruchkani ust qismini titratuvchi motorcha, 128 MB sig‘imidagi operativ xotira va simsiz aloqa moduli WI-FI mavjud.

“Lernstift” aqlli ruchkasi ikki bosqichda ishlaydi. Orfografiya bosqichida xato yozilgan so‘zni sezishi bilan ruchka titrashni boshlaydi. Kalligrafiya bosqichida esa so‘zdagi xunuk va tushunarsiz yozilgan harflarni sezgan zahoti titraydigan motorcha ishga tushib ketadi.

Mazkur qurilma foydalanuvchining yozuvini eslab qolish hususiyatiga ega. Bu hususiyatga 1 dyumda 400 ta nuqtani sig‘dira oladigan sensor qurilmasi orqali erishilgan. Harfni yozish jarayonidagi harakatni tanib olish uchun ruchkaga 20 sm hajmdagi maydon talab etiladi.

Aqlli ruchkaning yuqoridagi hususiyatlariga qo‘shimcha tarzda u mobil qurilmaga ulanishi mumkin. Bunda qog‘ozga yozilgan yozuv smartfon yoki planshet oynasida aks eta boshlaydi.

Bugungi kunda aqlli ruchka ingliz, nemis tillaridagi so‘zlarni taniy oladi. Keyinchalik uning rus, ispan, fransuz va italyan tillariga sozlanishi ko‘zda tutilgan.

Sarvar IS’HAQOV

Yana o‘qing:  Uchar avtomobil

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: