NAVBATDAGI MEDALLAR ShODASI

Singapurda akademik eshkak eshish bo‘yicha davom etayotgan Osiyo kubogining navbatdagi kunida hamyurtlarimiz to‘rt kumush va ikki bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning 500 metr masofaga eshkak eshish bo‘yicha yakkalik bahslarida hamyurtimiz A.Kudryashov oltin medal bilan taqdirlangani haqida avval xabar bergan edik. Iqtidorli sportchimiz 1000 metr masofaga eshkak eshishda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Yana bir yosh sportchimiz Sh.Xolmirzayev kumush medal sohibiga aylangan bo‘lsa, A.Uzoqboyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Musobaqaning juftlik bahslarida qatnashgan A.Abdujabborov va T.Rahmatov bronza medalni qo‘lga kiritdi, to‘rt kishilik qayiqda eshkak eshish bahslarida ishtirok etgan A.Yarov, A.Krasnov, B.Murodov va Z.Usmonov terma jamoamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni qo‘shib qo‘ydi. Vakillarimiz sakkiz kishilik qayiqda eshkak eshish bahslarida ham muvaffaqiyatli qatnashib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Yana o‘qing:  Ko‘zlarida yulduz bor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: