O‘QUVCHILARNI KASBGA YO’NALTIRISHDA YANGI ISLOHOTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi Markazi bilan hamkorlikda Chilonzor tumanidagi 1-Toshkent pedagogika kollejida “Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish muammolari va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalq ta’limi tizimidagi Respublika tashkilotlari, hududiy xalq ta’limi boshqaruv organlari, Respublika tashxis Markazi va uning hududlardagi tarkibiy bo‘linmalari, Oliy ta’lim, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, Ilmiy-tadqiqot muassasalarining rahbar va mutaxassis olimlari, amaliyotchi psixolog va pedagog xodimlari, ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish va ularni ongli ravishda kasb tanlashlariga erishish samaradorligini oshirishda pedagog-o‘qituvchilar, amaliyotchi psixologlarni kasbiy mahorati va kompetentliligini rivojlantirishdagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalarni qabul qilishdan iborat.

Mazkur konferensiya turli yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, ularning har biri bo‘yicha izlanish, tadqiqot olib borgan, innovatsion yondashuvlarni amalga oshirayotgan hamda amaliy ilg‘or ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarning erishgan natijalari, fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalari bilan tanishish hamda ularning ishtirokida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis sohasining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbollari bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha ilmiy, metodik hamda amaliy masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Yana o‘qing:  Ibn Sino ta’limoti – fan taraqqiyotida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: