EL QADRLAGAN ShIFOKOR

Yurtimizda ilgari surilgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom oilani shakllantirish, irsiy kasalliklarning oldini olishda muhim omil bo‘lmoqda. Yurtimizning barcha hududlarida tashkil etilgan zamonaviy skrining markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Reproduktiv salomatlik markazi, ularning mintaqaviy filiallari hamda QVPlarda onalar va chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “Istiqlol” qishloq vrachlik punkti bosh shifokori Diloromxon Aqbo‘tayevani 9 ming 500 nafardan ortiq qishloqdoshlari “opa” deya e’zozlab tilga oladi. Uning qadr topishida o‘z kasbiga mas’uliyati, shirin muomalasi sabab bo‘lsa ne ajab.

– Tibbiy xizmatidan xursand bo‘lgan bemorlarning samimiy duolari unga kuch-quvvat bag‘ishlayveradi, – deydi nuroniy Eshqul Rasulov. – U qo‘li yengil, so‘zlari yoqimli, chaqqon, o‘z kasbining fidoyisi.

Qishloq vrachlik punktida barcha shart-sharoitlar muhayyo. Muassasa hovlisi toza-ozoda, har bir xona saranjom-sarishta. Bemorlar uchun ajratilgan xonalar zamon talablariga javob beradi.

– Bemorning tuzalib ketishi biz uchun baxt, – deydi muassasa bosh shifokori. – Xalqimizda bir gap bor: “Kasalni tuzatgandan ko‘ra oldini olgan afzal”. Shu maqsadda muassasa shifokorlari bilan aholi orasida salomatlik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boryapmiz. “Yoshlar giyohvandlikka qarshi”, “Sog‘lom turmush-tarzi tarafdorimiz”, “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzularida, qolaversa, qarindoshlar o‘rtasidagi, shuningdek, erta nikohning oldini olish yuzasidan tadbirlar, davra suhbatlari muntazam o‘tkazib kelinayotir. Maxsus ajratilgan hamshiralar har bir xonadondagi onalar, bolalar, keksalar salomatligini nazorat qilib turadi.

14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘rtacha vazn ko‘rsatkichi 43 kilogrammdan 47 kilogrammga, qizlar o‘rtasida esa 44 kilogrammdan 48 kilogrammga ortgan. Bolalarning bo‘yi o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘rtacha 3 santimetrga, qizlar o‘rtasida esa 2,9 santimetrga o‘sgan. Hozirgi vaqtda 92 foiz o‘g‘il-qizning vazni va bo‘yiga doir ko‘rsatkichlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga to‘la mos keladi.

Davlatimiz tomonidan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini zamonaviylashtirish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilayotir. Xususan, “Istiqlol” QVP jamoasi ham aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishi uchun 22 million so‘m ajratilib muassasa binosi to‘liq ta’mirlandi. Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Bu boradagi sa’y-harakatlar samarasi farzandlarimizning salomatligida, ularning jismoniy yetukligi ko‘rsatkichlarida ham namoyon bo‘lmoqda.

Yana o‘qing:  G‘OLIBLAR ANIQLANDI

GULIRA’NO

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: