TERAPEVTLAR ANJUMANI

Kasallikni erta aniqlash va davolashning yangi usullari – amaliyotga

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reablitatsiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi” aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston terapevtlar Assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rejasiga asosan Toshkent shahrida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Ushbu markaz ixtisoslashgan tibbiyot muassasa bo‘lib, tashxislash, davolash-profilaktika, ilmiy-uslubiy faoliyat yuritish va respublika aholisiga ichki a’zolar kasalliklari bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish huquqiga ega. Markaz va O‘zbekiston terapevtlar assotsiatsiyasi hamkorlikda, terapevt mutaxassislar faoliyati bilan muntazam ravishda va “Sog‘lomlashtirish haftalik”larini o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekistonning barcha viloyat va tumanlarini qamrab olish rejalashtirilgan. Ta’kidlash joizki, joriy yilning shu davrigacha markaz mutaxassislari tomonidan 50 mingdan ortiq bemorga maslahat berildi va ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 400 dan ziyod seminar va mahorat darslari tashkillashtirildi.

Hozirda ushbu nufuzli tibbiy muassasada tashxislash va davolashning yangi texnologiyalari qo‘llanib kelinmoqda. Jumladan, yurak yetishmovchiligining neyrogumoral mexanizmlari va erta bosqichlarida davolash usullari o‘rganilmoqda. Shuningdek, yurak ishemik kasalliklarida aterosklerotik va neyrogumoral faollanishga bog‘liq bo‘lgan tashxislash va davolash usullari ishlab chiqildi. Gastroezofagal reflyuks hamda jigarning alkogolli yog‘lanishi kasalliklarining tashxis usullari yaratildi. Yurak yetishmovchiligi aldosteron, noradrenalin, natriyuretik peptid miqdorlarini immunoferment analizator yordamida aniqlash usullari, ul’tratovush densitometr yordamida osteoporozni erta tashxislash usuli yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston terapevtlar assotsiatsiyasining Samarqand, Buxoro va Andijon viloyatlarida ham hududiy bo‘limlari faoliyat yuritib kelmoqda.

Charos XUSHVAQTOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Maktabgacha ta’lim: Bolajonlar ekologiyani qanday o‘rganadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: