BESh YOSHLI DASTURCHI

Kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan va hozirda Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi besh yoshli Ayan Kureshi Microsoft kompaniyasining eng yosh dasturchi-mutaxassisi bo‘ldi. Bu haqda Naked Science jurnali xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.

Bolakay Pokistonning Lahor shahrida tavallud topgan. 2009 yilda uning oilasi Londonga ko‘chib kelgan. Yosh dasturchining yoshiga ham qaramasdan uni Birmengemdagi universitetda bo‘lib o‘tgan Supporting Windows 8.1 imtihoniga kiritishdi. Besh yoshli mutaxassis imtihondan a’lo darajada o‘tdi va o‘z qobiliyatini ko‘rsatdi. Ushbu imtihon esa axborot texnologiyalari sohasida mutaxassis nomiga ega bo‘lish uchun o‘tkaziladi.

Bundan oldingi rekord natija ham pokistonlik bolakay tomonidan qayd etilgan edi. Unda Mehroz Yavar ismli olti yoshli bolakay Microsoft Certified Professional sertifikati bilan taqdirlangandi.

Gulshanoy YUNUSALIYEVA,

Namangan Davlat Universiteti qoshidagi akademik litseyining 1-bosqich o‘quvchisi

Yana o‘qing:  TALABALARNING SEVIMLI MASKANI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: