NANKINDAN to‘yona bilan

Yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik navqiron avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib kamol topishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanib, salomatligini mustahkamlashi, jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarda Vatanimiz shon-shuhratini yanada keng namoyish etishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu Nankin shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi II Olimpiada o‘yinlarida ham o‘z isbotini topdi.

Ilhom BaHromov

Yunon-rum kurashi bo‘yicha vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida ishtirok etgan hamyurtimiz Ilhom Bahromov saralashda jazoirlik Husam Bunasriy, braziliyalik Kalebe Ferreyra Korreya, Marshall orollari vakili Kayser Myullerni mag‘lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi bahsda ozarbayjonlik Jabbor Najafov bilan kuch sinashgan polvonimiz raqibini 3:1 hisobida yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

G‘olib sportchimiz sharafiga Vatanimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangradi.

Suhrob Tursunov

Dzyudo bo‘yicha jamoaviy bahslarda qatnashgan yosh polvonimiz Suhrob Tursunov delegatsiyamiz hisobini bir oltin medal bilan boyitdi.

“ROUGE” jamoasida qatnashgan Suhrob Tursunov 66 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida bolgariyalik Stoyan Tarapanovni, belaruslik Dmitriy Minkouni, armanistonlik Xarutyun Dermishyanni va Kosta-Rika vakili Xulian Sanchoni yengib, jamoadoshlari bilan birga shohsupaning eng yuqori pog‘onasini egalladi.

Vladimir Svechnikov

Nufuzli sport anjumanining 10 metr masofadan to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha mikst bahslarida hamyurtimiz Vladimir Svechnikov bolgariyalik Lidiya Nencheva bilan hamkorlikda fransiyalik Eduard Dortomb va norvegiyalik Sara Elin Stramnestro, sloveniyalik Xose Seper va hindistonlik Yashasvini Singh Desval, armanistonlik Zaven Igityan va Xitoy Taypeyidan Tin Yu Chung, hal qiluvchi musobaqada misrlik Ahmad Muhammad va singapurlik Xiyu I Tex juftliklaridan ustun keldi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi hamda oltin medal sohibiga aylandi.

Umida Abdullayeva

O‘smirlar Olimpiadasining taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarida ishtirok etgan yana bir hamyurtimiz Umida Abdullayeva vazni 63 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan taekvondochilar o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Musobaqaning chorak finalidan bahslarga kirishgan Umida svazilendlik Sharlotta Munavini 17:3, yarim finalda xitoylik Chen Lini 1:0 hisobida yengib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yana o‘qing:  ONA VA BOLA hamisha e’tiborda, e’zozda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: