SALOMATLIK haftaligi davom etmoqda

Toshkent viloyatida “Sog‘lom bola yili” davlat dasturi ijrosi doirasida “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!” shiori ostida salomatlik haftaligi o‘tkazilmoqda.

Yurtimizda xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan mazkur haftalik ham ana shu maqsadlarga xizmat qilayotir.

Mazkur haftalik doirasida qishloq vrachlik punktlari, markaziy ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinikalar shifokorlari xonadonlarda bo‘lishib, nogiron va yoshi ulug‘ insonlarga tibbiy yordam ko‘rsatayotir. Kardiolog, terapevt, nevropatolog, endokrinolog kabi mutaxassislar viloyatning boshqa tuman va qishloqlarida ham aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Pensiya va nafaqalar – ijtimoiy himoya asosi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: