TA’TIL VA FASL ZAVQI

Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan bolalarning yozgi ta’tilda maroqli va mazmunli dam olishini tashkil etish maqsadida poytaxtimizdagi “Mehribonlik uy”larining 106 nafar tarbiyalanuvchilari uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Konstruktor” oromgohida 4 ta mavsum tashkil etildi.

Mazkur oromgohda 3 mavsum davomida 1 ming 337 nafar bola dam oldi. Ayni paytda 450 nafardan ziyod bolani bag‘riga olgan so‘lim va bahavo maskanda maroqli hordiq chiqarish va sport bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Oshxona, tibbiyot xonasi, ma’naviyat va ma’rifat markazlari, futbol, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi, tennis maydonlari, ijodiy va fan to‘garaklari bolajonlar bilan gavjum.

Polvonlarimiz sovrindorlar safida

O‘zbekistonlik erkin va yunon-rum kurashi ustalari Ozarbayjon va Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro turnirlarda sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Boku shahrida o‘tgan gran-pri turkumidagi xalqaro turnirning vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurash ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashgan hamyurtimiz Rashid Qurbonov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Yunon-rum kurashi bo‘yicha vazni 85 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida Rustam Assakalov uchinchi o‘rinni egalladi.

Qozog‘istonda tashkil etilgan xalqaro turnirda erkin kurash bo‘yicha bahslarda gilamga chiqqan Dilshod Mansurov kumush, Ixtiyor Navro‘zov esa bronza medal bilan taqdirlandi.

Yana o‘qing:  Sport: nafosat va joziba

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: