Yuksak salohiyat egalari

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz 6 oltin, 4 kumush va 4 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Mazkur chempionatda shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov o‘n yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar bahsida barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, Osiyo chempioni bo‘ldi. Chempionat doirasida o‘tgan blits turnirda u kumush medalni qo‘lga kiritdi.

O‘n ikki yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida qatnashgan Nodirbek Yoqubboyev yetti turdan iborat rapid – tezkor shaxmat bahslarida 6 ochko bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Iqtidorli shaxmatchimiz blits turnirda kumush, klassik shaxmat bo‘yicha bronza medal bilan ham taqdirlandi. Ushbu yosh toifasida qatnashgan Shamsiddin Vohidov blits turnirda uchinchi o‘rinni egalladi. Qizlar o‘rtasida Dilbar Hamroyeva klassik shaxmat bo‘yicha bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Olti yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida Abdulbosit Sharifjonov shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Oqjol Rahmatullayev rapid yo‘nalishida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Sakkiz yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar musobaqasida ham shaxmatchilarimiz munosib ishtirok etdi. Shaxmatning rapid va blits yo‘nalishida jahon chempioni Islombek Sindorov qit’a chempionatining blits turnirida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sulton Tursunov kumush medal bilan taqdirlandi. Klassik shaxmat bo‘yicha Olmos Rahmatullayev ikkinchi o‘rinni egalladi. Qizlar o‘rtasida o‘tgan blits turnirda Maftuna Bobomurodovaga teng keladigani topilmadi. Yana bir shaxmatchimiz Omina Nazarova esa rapid yo‘nalishida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Indira MIFTAXOVA

Yana o‘qing:  Vitaminli salat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: