EFIR MOYI SUN’IY KONSERVANTLAR O‘RNINI BOSADI

Soha mutaxassislarining ta’kidlashlaricha chinnigul va oregano o‘simligidan olingan efir moylari bilan non mahsulotlariga ishlov berilsa ular uzoq saqlanishi mumkin ekan.

Bungacha esa ushbu mahsulotlarga sun’iy konservantlar bilan ishlov berilgan. Yangi usulda ishlov berish qulay va uning imkoniyatlari keng. Efir yog‘lari zamburug‘lar va bakteriyalarning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababli oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning oldi olinadi. Olimlar oziq-ovqat mahsulotlari sifati buzilishining oldini olish maqsadida bir necha yildan beri bosh qotirishmoqda. Shu maqsadda himoya qobig‘i yaratish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Endi esa yuqorida nomlari tilga olingan efir moylarining himoya qobig‘i sifatida samaradorligini oshirishni olimlar oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan.

Hozirgi kunda mutaxassis-tadqiqotchilar bu sohada o‘tkazilgan laboratoriya testlarining ijobiy natija berganligini faxr bilan aytishmoqda. Tajriba uchun bir bo‘lak non konservantlar bilan ishlov berilmasdan efir moylari bilan ishlov berilib plastik paketlarga solib qo‘yildi. Shuningdek, ishlov berilmagan non ham alohida paketga solindi. Bir qism mahsulotga propionat kalsiyli konservant bilan ishlov berildi. O‘n kundan so‘ng konservantning ta’sir kuchi qolmadi. Biologik efir moyli qobiq esa o‘n kundan so‘ng ham mahsulotni asliday saqlanishiga ko‘maklashdi. Efir moylarini turli sohalarda qo‘llash ommalashmoqda deya ta’kidlashmoqda olimlar. Hozirda ularni chivinlarga qarshi ishlatiladigan sprey va dori vositalariga qo‘llashmoqda. Endi esa xavfsiz konservantlarning yangi avlodi ustida izlanishlar olib borilmoqda.

Yana o‘qing:  Chivindan himoyalovchi bilaguzuk

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: