Mavzu, mahorat va tahlil
Poytaxtimizda “Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mahallaning rolini yanada mustahkamlash masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yoritishga ixtisoslashgan bosma nashrlar jurnalistlarining malakasini oshirishga qaratildi.
Seminar ishtirokchilari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati va ushbu mavzudagi materiallarning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida fikr almashdi.
Anjumanda mamlakatimizning hozirgi rivojlanish bosqichida aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlarining amalga oshirilishida, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda mahalla institutlari muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi.
Seminarda jurnalistlar mahoratini oshirish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining serqirra faoliyati to‘g‘risida samarali axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
O‘z muxbirimiz