To‘kinlik tejamkorlikda

Bugun hayotimizga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelayotgani sababli har lahzamizni elektr energiyasisiz tasavvur etish qiyin.

Elektr energiyasi to‘lovlari terminallar orqali amalga oshirilmoqda va bu borada hech qanday muammolar yo‘q. Agar elektr energiyasidan qarzdorlik o‘z vaqtida qoplanmasa, o‘sha yuridik yoki jismoniy shaxs tarmoqdan uzib qo‘yiladi. To‘lovlarni uzluksiz amalga oshirmagan korxona, tashkilot yoki xonadon bo‘yicha hujjatlar xo‘jalik sudiga topshirilib, qarzni undirish chora-tadbirlari ko‘riladi.

Elektr energiyasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunning 32-moddasida ko‘rsatilganidek, elektr energetikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Unutmang, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish elektr energiyasi tarmoqlarida yangilash, rekonstruksiya qilish va zamonaviy qurilish ishlarini yo‘lga qo‘yishga zamin hozirlaydi.

Hamza ROZMETOV,

“O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi

Toshkent shahar bo‘limi inspektori

Yana o‘qing:  Moziyning bebaho merosi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: