Yetakchi bilim maskani

Toshkent viloyati pedagogika kollejida tahsil olayotgan o‘quvchilar malakali ustozlari boshchiligida tanlagan kasblari sir-asrorini puxta egallab, olgan bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab bormoqda.

Yaqinda mazkur ta’lim maskanida “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqanlar yurtimizda yoshlarga yaratilgan behisob imkoniyatlar va ulardan oqilona foydalanish muvaffaqiyatlar garovi ekanini ta’kidladi. Ta’lim maskani o‘quvchi yoshlarining konsert dasturlari kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassislari ham ishtirok etib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi.

Gulnoza BERDIYEVA,

Toshkent pedagogika kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Qardosh xalqlar festivali

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: