Tibbiyot va farmatsevtika istiqboli

Ma’lumki, aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, uarni sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlash davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Kuni kecha poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan tadbir ham aholini sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlandi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tibbiyot sohasida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, qishloq vrachlik punktlari bazasi mustahkamlandi. Turli ixtisoslashtirilgan markazlar hamda shoshilinch tibbiy xizmat tizimi tashkil etildi. Shuningdek, tibbiyotning muhim bo‘g‘ini hisoblanmish farmatsevtika sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar salmoqlidir. Ayniqsa, aholi salomatligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar jarayonida “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasining faoliyati e’tiborga loyiq.

Yig‘ilishda “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi raisi Abdug‘ani Komilov bugungi kundagi faoliyati haqida so‘z yuritar ekan, aholini sifatli dori-darmon bilan ta’minlash kompaniyaning asosiy maqsadi ekanligini alohida ta’kilab o‘tdi. Uning bergan ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda kompaniya tarkibida sakkizta aksiyadorlik jamiyati va o‘nta sho‘ba korxona mutaxassislari shu maqsad yo‘lida faol ish olib bormoqda. Keyingi yillarda dori-darmon yetkazib berish va saqlash sharoitini yanada yaxshilash maqsadida joylarda zamonaviy dorixonalar, omborxonalar, logistika markazlari barpo etilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida maydoni 6,5 ming kvadrat metrlik, xalqaro standartlarga to‘la mos keladigan farmatsevtika ombori, Guliston shahrida logistik markaz qurib bitkazildi.

Tadbirda kompaniya tizimida faoliyat yuritayotgan dorixonalarning yetmish foizdan ko‘prog‘i qishloq joylarda ochilgani alohida e’tirof etib o‘tildi. Aholini sifatli farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida 2010 yildan boshlab mintaqalarda maxsus jihozlangan “ISUZU” rusumli izotermik avtofurgonlarda 14 ta ko‘chma dorixona tashkil etildi. Ular tomonidan 2013 yilda qiymati bir milliard 550 million so‘mdan ko‘proq, joriy yilning birinchi choragida esa qariyb 412 million so‘mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari savdosi amalga oshirildi.

Anjumanda kompaniya faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar xususida yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumot berildi.

Ma’rifat TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-13)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: